OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

Infografika dizayn bo‘yicha onlayn o‘quv kursini sotib olish shartlari

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq “Ommaviy oferta” hisoblanadi va Abdurashid Ibaydullaev (keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi”) tomonidan Internet tarmog‘i orqali infografika dizayn bo‘yicha onlayn o‘quv kursini sotish bo‘yicha har qanday shaxs ushbu ofertani qabul qilgan taqdirda, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
1.2. Ushbu saytda joylashtirilgan ma’lumotlar, jumladan kurs tavsifi, narxi, to‘lov va qaytarish tartibi, mazkur ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
1.3. Kursni sotib olish orqali xaridor (keyingi o‘rinlarda “Foydalanuvchi”) ushbu oferta shartlariga to‘liq va shartsiz rozilik bildirgan hisoblanadi (ofertani aksept qiladi).


2. Oferta predmeti

2.1. Sotuvchi Foydalanuvchiga infografika dizayn bo‘yicha onlayn o‘quv kursini taqdim etadi.
2.2. Kurs tarkibiga video darslar, qo‘shimcha PDF materiallar, amaliy topshiriqlar va bonus fayllar kiradi.
2.3. Kurs faqat ta’lim olish va shaxsiy foydalanish maqsadida mo‘ljallangan.


3. Narx va to‘lov tartibi

3.1. Kurs narxi saytning tegishli bo‘limida ko‘rsatiladi va Sotuvchi istalgan vaqtda narxni o‘zgartirish huquqiga ega.
3.2. To‘lov 100% oldindan amalga oshiriladi.
3.3. To‘lov Click, Payme, Uzum Bank, bank o‘tkazmasi yoki boshqa ko‘rsatilgan usullar orqali qabul qilinadi. To‘lov tizimlaridagi komissiya xaridor zimmasida bo‘lishi mumkin
3.4. To‘lov tasdiqlangandan so‘ng odatda 24 soat ichida, lekin texnik sabablarga ko‘ra 3 ish kunigacha kurs materiallariga kirish huquqi taqdim etiladi.


4. Xizmat ko‘rsatish tartibi

4.1. Kurs materiallari Foydalanuvchiga onlayn formatda — shaxsiy kabinet, yopiq platforma yoki elektron pochta orqali yetkaziladi.
4.2. Jismoniy mahsulot yetkazilmaydi.


5. Huquq va majburiyatlar

Sotuvchining majburiyatlari:

  • Kursni o‘z vaqtida taqdim etish;

  • Kurs materiallarini sifatli formatda yetkazish;

  • Texnik yordam ko‘rsatish (zarur hollarda).

  • Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik

Foydalanuvchining majburiyatlari:

  • Kurs materiallaridan faqat shaxsiy o‘qish maqsadida foydalanish;

  • Materiallarni uchinchi shaxslarga ruxsatsiz tarqatmaslik;

  • To‘lovni belgilangan tartibda amalga oshirish.

  • Platforma va kursga noqonuniy kirish vositalaridan foydalanmaslik


6. Kafolatlar va javobgarlik

6.1. Sotuvchi kursdan foydalanish natijasida muayyan daromad, ish o‘rni yoki tijorat natijasi kafolatlanmasligini ma’lum qiladi.
6.2. Sotuvchi kurs materiallarini uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy tarqatilishiga javobgar emas.
6.3. Foydalanuvchi ushbu shartlarni buzgan taqdirda, Sotuvchi kursga kirish huquqini bekor qilish va yetkazilgan zararni undirish huquqiga ega.


7. Maxfiylik

7.1. Sotuvchi Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq himoya qiladi.
7.2. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini Sotuvchi tomonidan kurs xizmatini ko‘rsatish, to‘lovlarni amalga oshirish, axborot yuborish va qonuniy majburiyatlarni bajarish maqsadida qayta ishlashga rozilik beradi.

7.3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

 


8. Fors-major

8.1. Fors-major holatlar (tabiiy ofatlar, internet uzilishlari, texnik nosozliklar va h.k.) shuningdek uchinchi tomon platformalaridagi texnik nosozliklar (masalan, hosting, video xosting xatoliklari)” yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar javobgarlikdan ozod qilinadi.


9. Pul qaytarish tartibi

9.1. Sotuvchi tomonidan kursga kirish huquqi taqdim etilganidan so‘ng, pul qaytarilmaydi, bundan faqat quyidagi hollarda mustasno:

  • Kurs materiallariga kirish taqdim etilmagan bo‘lsa (Sotuvchi aybi bilan);

  • To‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa (ikki marta to‘langan yoki boshqa texnik xatoliklar).

9.2. Pul qaytarish to‘g‘risidagi murojaat Foydalanuvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 10 ( o’n) ish kuni ichida yozma shaklda (email orqali) yuborilishi kerak.

9.3. Pul qaytarish Foydalanuvchining bank hisob raqamiga yoki to‘lov amalga oshirilgan usul orqali, ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

9.4. Agar Foydalanuvchi kurs materiallarini qisman yoki to‘liq yuklab olgan, tomosha qilgan yoki foydalangan bo‘lsa, pul qaytarilmaydi.

9.5. Sotuvchi pul qaytarish jarayonida uchinchi tomon to‘lov tizimlari (Click, Payme, Uzum Bank va boshqalar) tomonidan olinadigan komissiya miqdorini chegirib qolish huquqiga ega.


10. Yakuniy qoidalar

10.1. Ushbu oferta doimiy amal qiladi va Sotuvchi tomonidan saytda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10.2. Sotuvchi ushbu ofertaga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega, o‘zgarishlar saytga joylashtirilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

10.3. Ushbu ofertaga nisbatan nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.


Sotuvchi: Abdurashid Ibaydullaev
Telefon: +998 (99) 051-44-28
Email: info@uzumgrafika.uz

Copyright © 2025, Designed by Abdurashid I